MUXABBAT VA NAFRAT
- Men sendan kuchliman! - xiringlabdi Nafrat Muxabbatga qarab, - Bir qadam bossang bas, oyoqlarim ostida yanchilib ketasan!
- Bekorlarni aytibsan! Meni Ishonch ximoya qiladi! - boshini mag'rur tutib so'zlapti Muxabbat.
- Mening ukam Gumon xamisha Ishonchingdan ustun kelgan.
- Vafo bilan Sadoqat Gumoningni bir zumda yo'qqa chiqaradi.
- Rashq Gumonga qalqon bo'ladi.
- Mexr Gumonni vayron qiladi.
- Yolg'on Qaxrni yetaklab keladi.
- Men bor joyda Yolg'on bo'lmaydi,- Muxabbat odatdagidek Nafratdan ustun kelmoqchi bo'lipti.
Biroq zamon o'zgargandi, fasllar, kuchlar o'zgargandi.
Oshiqlar bir biriga nisbatan ishonchini yo'qotgan, rashq gumonga yetaklar, gumon mexrni yo'qqa chiqarar, qaxr ayriliqni yetaklab kelib, muxabbatni xiyonatga sotib yuborar edi.
Zamon o'zgargan edi....
Ko'ngil bermoqdan maqsad yetishmoqqa, sevmoq niyati visolga qorishib ketgandi.
Biror nafni ko'zlamay turib, sevgid
...
DAVOMINI KO'RISH »