Dilga jo bulgandir vatan tuyg'usi, Kelajagi buyuk davlat bulg`usi. Ozod,xur, vatandir chaman gul bog`lar, Daryolar, cho`llar-u osmondek tog`lar. Vatan dur usimlik,xatto jonivor, Vatan tuygusidir g`uzal, ulugvor. Unga ta'zim kilib, yashamok k?rak, Vatan deb uradi, doimo yurak, Vatan tuygusidir bokira ona, Tog'larga ko'rk berib ochilgan lola. Mening vatanimsan,go'zal bo'stonim, Xamisha sodiqman,Uzbekistonim.
O’ZBEKISTON BAYROG‘I Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar. Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar. Qadim-qadim zamonda Yunonlik haykaltarosh, Bir san’at yaratibdi, Maqsadi - bir burda non. Haykal esa asrlar Sinoviga bermish dosh, Bugun uni ko‘klarga Ko‘tarar butkul jahon. Ko‘zni kattaroq ochib Boqsang bu muammoga, Alam qilgulik qadar Kam yashar inson zoti, Faqatgina xalq sohib Bardavom bu dunyoga, Asragay har kas nomin Faqat xalqning hayoti. Sanasang hodisot mo‘l O’zbekning tarixida, Har biriga bir noma Yoki doston bitgulik. Ne zotlar oqmagan bu Asrlar arig‘ida, Har biri bitta xalqning G‘ururiga yetgulik. Barchaga ayon erur Men aytgan ushbu gaplar, To hanuz asablarni Ezg‘ilar bu shum o‘tmish. Moziyga o‘qtin-o‘qtin Sochsak hamki g‘azablar, Lekin ayting, o‘zbekning Qo‘lidan kim ham tutmish? Bir kuni yovqur shoir Ya’ni Turdi Farg‘oniy, Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa Birlash deb qildi xitob. Bejavob qolaberdi Uning dardli so‘rog‘i, O’sha-o‘sha zamin kar, O’sha-o‘sha gung oftob. Bugun zimdan nazar sol Sen mana bu bayroqqa, Mayliga bir daqiqa Unutgin turfa kekni. Shu bayroq nomimizni Eltdi yiroq-yiroqqa, Shu bayroq birlashtirdi Parokanda o‘zbekni. 1984 Abdulla Oripov
O’ZBEKISTONIM, SENGA Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga. Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng, Bir umrga lek barobardir kerak onim senga. Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing, To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga. Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim, Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga. Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim, Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga. Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun, Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
Bolaligim hur yo'shligim davru-davronim, Qiblagohga qarab turgan oltin makonim. Otam-Onam kirib kelgan darcham-ravonim, Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim. Alloh nazar qilgan Vatanim o'zing, Bobolardan qolgan bo'stonim o'zing. Sen qalbimsan,sen sevgimsan iymonim, Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim. Vatan nadur? nurayo'tgan devorlar aytsin, Vatan uchun jonin tikkan o'glonlar aytsin. Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin, Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim. Sensiz bo'm bo'sh tebranar umr karvonim, Ufqda qoraydi nomsiz armonim. Panohsiz giyohdek chayqalar jonim, Panohimsan,qanotimsan O'zbekistonim.
Uygondim yurak yutib uygondim, Ko'ngil soginchin tuyib uygondim. Umid yo'lini kutib uygondim, Vatanim seni seni sogindim. Ko'ngilday oqarib tonglar otganda, Noming takrorlab tun uygotganda, Vatanim seni seni sogindim. Shohlarda shivirlar so'ngi yaproqlar Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar Dilimda bosilmay ajib bir titroq Vatanim seni snei sogindim Go'daklardan so'radim Vatan Onam dedilar Onalardan so'radim Vatan bolam dedilar Bobolarim pok tuprogin Iymon dedilar Vatanim seni seni sogindim
Ey Vatan sen ila hayotim borim, sen mening iymonim nomusim orin. Nega azizlarim yotkan mozorim va erka dilbandlar ezgin kezga bor. Tarifing be qiyos ojizdir kalom sen menga qo'shiqsan qalbimga yurg'om. Dedilar kecharsan ondan yo jondan dedim ayirmasin UZBEKISTONDAN....!!!
Kelajagi buyuk davlat bulg`usi.
Ozod,xur, vatandir chaman gul bog`lar,
Daryolar, cho`llar-u osmondek tog`lar.
Vatan dur usimlik,xatto jonivor,
Vatan tuygusidir g`uzal, ulugvor.
Unga ta'zim kilib, yashamok k?rak,
Vatan deb uradi, doimo yurak,
Vatan tuygusidir bokira ona,
Tog'larga ko'rk berib ochilgan lola.
Mening vatanimsan,go'zal bo'stonim,
Xamisha sodiqman,Uzbekistonim.